Karlo Anchelotti “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oldidan Pep Gvardiolaning so‘zlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq ispaniyalik murabbiy o‘z jamoasining YChL’da keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini 1 foizga baholagandi.
“Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Bizni “Manchester Siti” bilan birinchi uchrashuvdagidek o‘yin rejamiz bo‘ladi.
Gvardiola jamoasining Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish imkoniyatlarini 1 foizga baholayapti? O‘yindan oldin undan bu haqda so‘rayman. Menimcha, u bunday deb o‘ylamaydi. Biz faqat kichik ustunliklarga egamiz, deb o‘ylaymiz, undan foydalanishimiz kerak”, – dedi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, “Real” – “Manchester Siti” o’yini 19-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.