“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh mavsum oxirida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Shu sababdan mersisaydliklar unga munosib o’rinbosar izlashni boshlab yubordi.
OAV xabariga ko’ra, “Liverpul” “Real” hujumchisi Rodrigoni asosiy nomzod sifatida ko’rmoqda. Transfer narxi 120 million yevro bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Rodrigo Madridda qolishni xohlashini ta’kidlagan edi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi.