Fransiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe nima uchun Zinedin Zidandan qochishga harakat qilayotganini aytdi.
“Oxirgi paytlarda men Zidan bilan tez-tez ko’rishmaslikka harakat qilyapman. Chunki uning terma jamoaga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirib yubormoqchi emasman”, – deydi Mbappe.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Fransiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Didye Desham iste’foga chiqarilib, uning o’rniga Zidan olib kelinishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2016-yildan 2018-yilgacha va 2019-yildan 2021-yilgacha “Real”ni boshqargan. Fransiyalik mutaxassis Madrid klubi bilan ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Chempionlar Ligasi g’olibi bo’ldi.