“Napoli” klubi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
La Gazzette dello Sport xabariga ko’ra, “Barselona” Xvichaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “ko’k-anorranglilar” allaqachon 23 yoshli futbolchi bilan bo’g’lanib, ehtimoliy transfer masalalarini muhokama qilgan.
Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o’yin o’tkazib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.