“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi klub prezidenti Devid Bekxemdan jamoaga yana bir top-futbolchini qo’shib olishni so’radi.
El Nacional xabariga ko’ra, sakkiz karra “Oltin to’p” sohibi fransiyalik super yulduz Pol Pogba bilan shartnoma imzolashni so’ragan.
Ma’lumot uchun, Pogba hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning so’nggi klubi Turinning “Yuventus” klubi edi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq fransiyalik futbolchi “Nyu-York Siti”ga qarshi o’yinda “Inter Mayami” xo’jayini Devid Bekxem bilan uchrashgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. Biroq ushbu uchrashuvning maqsadi haligacha noma’lum bo’lib qolmoqda.