31 yoshli fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning diskvalifikatsiya muddati 10-mart sanasida rasman yakunlandi. Endi u o’yinlarda qatnashishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Pogbaning so’nggi klubi “Yuventus” edi. Futbolchi o’tgan yilning oktyabr oyida turinliklar bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Hozirda Pol faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lgan imkoniyatlarni qidirmoqda. Uning o’zi faqat Yevropaning top-chempionatlaridan kelgan takliflarni ko’rib chiqayotganini aytdi.
“Marsel” fransiyalik yarim himoyachiga da’vogarlardan biri ekani aytilmoqda.
Shuningdek, Pogba yaqinda “Nyu-York Siti”ga qarshi o’yinda “Inter Mayami” prezidenti Devid Bekxem bilan ham uchrashuv o’tkazgan. Biroq bu uchrashuvning maqsadi noma’lumligicha qolgan.
