Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va “Al-Ittifoq” klublari “Man. Siti” himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirmoqda.
“Diario Sport” nashrining xabariga ko’ra, “shaharliklar” himoyachini eng yaxshi narx taklif qilgan jamoaga sotmoqchi. Klub Kanseluning transferini 30 million yevro etib belgilagan.
Shuningdek, “Barselona” ham 30 yoshli himoyachini ijara asosida yana ortga qaytarmoqchi. Kanseluning o’zi “Barselona”ga qaytishga qarshi emas.