Argentinalik mutaxassis Xaver Maskerano “Inter Mayami” klubi bosh murabbiyi etib rasman e’lon qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar o’rtasidagi shartnoma 2027-yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, sobiq “Barselona” futbolchisi kerakli hujjatlarni olganidan so’ng “Inter Mayami”da ish boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Maskerano shaxsiy sabablarga ko’ra jamoani tark etgan Xerardo Martino o’rnini egallaydi.
Hozirda “Inter Mayami” safida 40 yoshli mutaxassisning Lionel Messi, Serxio Buskets, Luis Suarez, Jordi Alba kabi sobiq jamoadoshlari to’p suradi.