Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Serxio Ramos tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi.
Himoyachi faoliyatining katta qismini Krishtianu Ronaldu bilan o’tkazganiga qaramay, Lionel Messini alohida ta’kidladi.
“Messiga qarshi o’ynab, bir necha yil azob chekdim. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi”, – deydi Ramos.
Eslatib o’tamiz, Messi professional faoliyatini “Barselona”da boshlagan. 2022-yilda esa Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempionatida g’alaba qozonib, turnirning bosh qahramoniga aylandi.