Mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da o’tkazayotgan Markus Reshford Birmingem klubida yaxshi o’yin ko’rsata olsa, “Barselona”ga o’tishiga umid qilmoqda.
“Markus ishonchmoqda: agar u “Aston Villa”da o’z formasini tiklab, gol ura boshlasa, “Barselona” unga bo’lgan qiziqishini yana ham oshiradi.
Bu u uchun katta motivatsiya va birmingemliklar uchun yaxshi yangilik. Endi u faqat o’ynashni va gol urishni boshlashi kerak”, – deb yozmoqda The Sun nashri.
Eslatib o’tamiz, o’tgan qishki transferlar vaqtida “Barselona” Reshfordga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lum qilinishicha, angliyalik forvard Kataloniya klubining bir qancha takliflarini rad etgan.