Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba yana jarohat oldi. Bu haqda “Qirollik klubi” matbuot xizmati xabar berdi.
“Tibbiy tekshiruvlardan so’ng, David Alaba chap sonning qo’shimcha mushaklarini jarohatlab olgani aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, Alaba 2023-yilning 18-dekabr kuni xochsimon paylarini shikastlab olgandi va bir yillik tiklanishdan so’ng, 2024-yilning 30-dekabrida mashg’ulotlarga qaytgandi.