Kataloniyaning “Barselona” klubi yaqin orada polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ikkala tomon ham bitimni uzaytirish uchun hech qanday to’siq ko’rmayapti va yaqin haftalarda bu masala hal qilinadi.
Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o’yin o’tkazib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.