Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi tarixida o’ziga xos rekord o’rnatdi.
Opta xabariga ko’ra, fransiyalik forvard YChL tarixida “Santyago Bernabeu” va “Kamp Nou”da xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o’tamiz, Mbappe “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob o’yinida uchta gol urgandi. Natijada “Qirollik klubi” Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo’l oldi.
Shuningdek, Kilian 2021-yilda PSJ safida “Barselona” darvozasiga ham uchta gol urishga muvaffaq bo’lgandi.