Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Paragvayga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
“Men o’z salohiyatimni yaxshi bilaman. Ammo ba’zida qiyin paytlar bo’ladi, agar gollar bo’lmasa, ishonch yo’qoladi. Men o’z Vatanim uchun hamma narsaga tayyorman.
Men har doim ham gol ura olmayman, bu tashqaridan ko’rinadigan darajada oson emas. Muxlislardan uzr so’rayman”, – deydi Vinisius.
Eslatib o’tamiz, Braziliya Paragvayga qarshi bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi. Vini esa so’nggi uchta o’yindan beri hali gollari hisobini ocha olmadi.