Ispaniya kubogi yarimfinal birinchi o‘yini doirasidagi “Barselona” va “Atletiko” bahsida gollar shousi kuzatildi.
Madrid klubi Kataloniyadagi bahsning dastlabki 6-daqiqasida ikkita gol urib hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida Pedri, Kubarsi va Inigoning goli bilan hisobda oldinga chiqib olishdi – 3:2.
Ikkinchi bo‘limda Levandovski jamoasining 4-goliga mualliflik qilgan bo‘lsa-da, madridliklar Lorentening 84 va Serlotning 90+3-daqiqadagi goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi – 4:4.
Madriddagi javob uchrashuvi 2-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarimfinalda “Real” 26-fevral oqshomida “Real Sosedad” mehmoni bo‘ladi.