Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Atletiko” portugaliyalik forvardning transferidan 40+45 million yevro daromad qiladi. Futbolchi londonliklar bilan 6+1 ko’rinishida shartnoma imzolaydi.
Eslatib o’tamiz, Feliks 2022/2023-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini aynan “Chelsi”da ijarada o’tkazgan. Bu davr ichida u 20 ta o’yin o’tkazib, 4 ta golga mualliflik qilgan.