Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix hali hamon “Barselona” short-listida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Folk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 29 yoshli futbolchiga shaxsan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Pep Gvardiola “Man. Siti” rahbariyatidan Kimmixni sotib olishni so’ragani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, nemis futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
