“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
“Neradzurrilar” yozgi transferlar vaqtida Markus Tyuramdan ayrilish ehtimoli bor. Hozirda bu hujumchiga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sabab “Inter” yangi hujumchi qidirmoqda va Dovbik variantini o’rganib chiqmoqda.
Shuningdek, “Inter”ning short-listidan “Lill” hujumchisi Jonatan Devid va “Nyukasl” forvardi Aleksandr Isak ham o’rin olgan. Biroq, ularning transfer narxi Dovbikka qaraganda yuqoriroq bo’lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, ukrainalik hujumchi joriy mavsum “Roma” safida 33 ta o’yin o’tkazib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.