Kataloniyaning “Barselona” klubi germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga muqobil variant topdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” 16 yoshli klub tarbiyalanuvchisi Iker Rodrigesni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Darvozabon hozirda U-18 jamoasida o’ynaydi, shuningdek, Ispaniya yoshlar terma jamoasida ham debyut qilishga muvaffaq bo’ldi.
Qayd etilishicha, “Barselona” Rodrigesning katta salohiyatga ega ekanligiga ishonadi. Klub Inyaki Penya va Voytsex Shesnining o’yinlaridan mamnun, biroq ular ter Shtegenning o’rnini bosishiga ishonmayapti.
Eslatib o’tamiz, Mark-Andre hozirda og’ir jarohatidan so’ng tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.