Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o’yinda (2:1) faoliyatidagi 900-golini urdi va o’z his-tuyg’ulari bilan o’rtoqlashdi.
“Men bu haqda orzu qilardim va hali ham maqsadlarim bor. Hammaga rahmat!”, – deydi Ronaldu o’z Instagram sahifasida.
Eslatib o’tamiz, Krishtianu rasmiy o’yinlarda 900 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Ronaldu “Sporting”da 5 ta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta, “An-Nasr”da 68 ta va terma jamoada 131 ta golga mualliflik qilgan.