“Atalanta”ning hujumkor yarim himoyachisi Sharl de Ketelare faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ingliz klubi 23 yoshli belgiyalik futbolchini Kevin De Bruynega o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Sharl dastlab 2023-yilning avgustida “Milan”dan ijaraga olingan, keyin esa 22 million yevroga to’liq sotib olingan. Uning “Atalanta” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq De Bruyne mavsum oxirida Saudiya klublaridan biriga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.