Bugun Italiya A Seriyasining 26-turida Rimning “Roma” klubi o’z maydonida “Monsa”ni qabul qiladi.
Statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning bugungi o’yin uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Xususan, FotMob nashri Eldor Shomurodovni asosiy tarkibga kiritdi.

Shuningdek, SportsMole nashri ham bugungi o’yin uchun tomonlarning ehtimoliy tarkiblarini ma’lum qildi.
“Roma”: Svilar, Rensh, Manchini, N’Dikka, Salemakers, Kone, Paredes Pellegrini, Anxelinyo, Dibala, Shomurodov.
Eslatib o’tamiz, rimliklar hujumchisi Artyom Dovbik jarohat olgani tufayli ushbu o’yinni o’tkazib yuborishi mumkin. Aynan shu sabab Shomurodovning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, “Roma” – “Monsa” o’yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da “Olimpiko” stadionida start oladi.