Turinning “Yuventus” klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba APL’ga qaytishi mumkin. Bu haqda Goal xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Londonning “Fulhem” klubi fransiyalik futbolchiga davogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, Pogbaning atrofidagilar ham unga faoliyatini Angliyada davom ettirishni maslahat berishmoqda.
Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning avgust oyida Pogbada doping aniqlangandi. 29-fevral kuni esa antidoping sudi futbolchini 4 yilga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.
Sud Pogbani diskvalifikatsiya qilish to’g’risida qaror qabul qilgach, u apellyatsiya shikoyati berdi. 7-oktyabr kuni esa Sport arbitaj sudi (CAS) fransiyalik yarim himoyachining diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirganini e’lon qildi.