Saudiyaning Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimiz Isroil Madrimov ringga ko’tarildi.
Unga bu safar WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortis raqiblik qildi. Afsuski, 12 raund yakuniga ko’ra, Madrimov ochkolar hisobiga mag’lub bo’ldi.
Jangdan so’ng Isroil o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Bu boks. Biz sababini qilamiz, natija esa Allohdan, albatta.
To’g’risini aytsam, biz bu jangga tayyorgarlik ko’rdik, lekin 100 foiz tayyor emasdik. Chunki, dekabr oyida bo’lishi kerak bo’ladigan jangdan oldin men virus orqali kasal bo’lib qoldim.
“Восстановленые” oxirigacha bo’lmagandi, Amerikaga kelgandan keyin buni bildik. Jangga ikki hafta qolgandan so’ng shifokorlar mashg’ulotlarni boshlashim mumkinligini aytdi.
Biz jangni to’xtatishni xohlamadik, Allohga shukr, 12 raund jang qildk, o’ylaymanki, bu ham bitta tajriba.
Albatta, barcha yurtdoshlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. InshaAlloh biz kuchli bo’lib qaytamiz”, – deydi Madrimov.
Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov prof boksda jami 13 ta jang o’tkazib, 10 ta g’alaba, 2 ta mag’lubiyat va bitta durang qayd etdi.