“Katta dubulg’a” turnirlarining 24 karra chempioni, dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Parij Olimpiadasining ikkinchi bosqichida “Katta dubulg’a” turnirlarining 22 karra g’olibi, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadalga qarshi o’ynashiga umid qilmoqda.
“Agar biz yana uchrashsak, bu yana bir tomosha bo’ladi. Maydonda shiddatni kuting, xuddi eski vaqtlar kabi…
Umid qilamanki, biz yana uchrashamiz, chunki bu ikkimiz uchun ham oxirgi raqs bo’lishi mumkin”, – deydi Novak Jokovich.
Ma’lumot uchun, Jokovich birinchi davrada avstraliyalik Metyu Ebdenga qarshi kortga chiqadi. Nadal esa vengriyalik Marton Fuchovich bilan bahs yuritadi. Agarda ular g’alaba qozonishsa, ikkincha davrada o’zaro to’qnash kelishadi.