Londonning “Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida “Liverpul”ning chap qanot hujumchisi Diogo Jotani sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” hujumga rang-baranglik qo’shmoqchi. Jota markaziy hujumchi sifatida ham o’ynay oladi. 28 yoshli portugaliyalik forvard “Arsenal”ning short-listidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Diogo Jota 2020-yilda 45 million yevro evaziga “Vulverxempton”dan “Liverpul”ga o’tgan edi. U joriy mavsumda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq mersisaydliklar yozgi transferlar vaqtida portugaliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.