“Portu”ga qarshi uchrashuvdan avval jarohat olgan Artyom Dovbikning holati haqida ma’lumot berildi.
Ukrainalik hujumchi “Portu”ga qarshi mashg‘ulotlarda darvozaga zarba berish chog‘ida o‘ng oyoq mushaklaridan birini jarohatlab olgandi.
Tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, futbolchining jarohati jiddiy emas, biroq Dovbik katta ehtimol bilan A Seriyaning navbatdagi turida “Monsa”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, ukrainalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.