Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Fransiyalik futbolchi pley-off bosqichining javob o’yinida “Manchester Siti” darvozasiga uchta gol urgandi (3:1).Mbappe ushbu sovrin uchun kurashda Vitinya, Noa Lang, ca Orkun Kokjuni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.