Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Rafinya “Benfika”ga qarshi Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichining javob o’yinida (3:1) dubl qayd etib, braziliyalik futbolchilar o’rtasida ushbu turnirda bir mavsumdagi gollar soni bo’yicha mamlakat rekordini yangiladi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, hozirda 28 yoshli vinger hisobida 11 ta gol bor. Avvalroq, turnir doirasida hech bir braziliyalik 10 dan ortiq gol ura olmagan.
Kaka 2006/2007, Rivaldo 1999/2000, Jardel 1999/2000, Roberto Firmino 2017/2018 va Neymar 2014/2015-yilgi mavsumda bitta musobaqa 10 tadan gol urishga muvaffaq bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o’yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.