Jud Bellingem La Ligada 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
“Real” yarim himoyachisi La Liga 24-turi doirasidagi “Osasuna” – “Real” (1:1) uchrashuvining birinchi bo‘limida hakamga nisbatan haqoratomuz so’z ishlatgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Bu haqda o‘yin bosh hakami Xose Munuera Montero bayonnomada yozgan.
Marca xabariga ko‘ra, tartib-intizom qo‘mitasi Bellingemning so‘zlarini hakamga nisbatan hurmatsizlik deb baholab, uni La Liganing 2 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan.
Angliyalik futbolchi “Jirona” va “Betis” bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Bellingemni maydondan chetlatgan hakam ham vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.