Kataloniyaning “Barselona” klubi “Yuventus” vingeri Federiko Kyeza uchun qancha to’lamoqchiligi ma’lum bo’ldi.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” 26 yoshli futbolchi uchun 10-15 million yevro to’lashga tayyorligini bildirgan.
Manbaga ko’ra, Kyeza Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi emas. Rahbariyat “Milan” vingeri Rafael Leao variantini ham o’rganib chiqmoqda. Kyezaga esa faqat zahira varianti sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot uchun, Kyeza o’tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.