“Liverpul” yozda so’nggi yillardagi eng katta transferlardan biriga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar “Bornmut”ning 19 yoshli himoyachisi Din Xeysenni sotib olmoqchi. Klub uni Virjil van Deykka o’rinbosar sifatida ko’rmoqda. Xeysonning tovon puli 50 million funt sterlingni tashkil qiladi.
Shuningdek, “Liverpul” “Nyukasl”ning 25 yoshli hujumchisi Aleksandr Isakka ham jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shvetsiyalik futbolchini sotib olmoqchi bo’lgan klublar 120-150 million funt sterling taklif qilishlari kerak bo’ladi.