Transfermarkt portali bozor narxining navbatdagi yangilanishidan so’ng, Angliya Premyer-ligasidagi eng ko’p qimmatlagan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, ro’yxatda “Chelsi” futbolchisi Koul Palmer yetakchilik qilmoqda. Uning bozor qiymati 40 million yevroga oshib, hozirda 130 million yevroga baholanmoqda.
Transfermarkt talqiniga ko’ra, APL’ning eng ko’p narxi oshgan top-10 futbolchilari:
1. Koul Palmer (“Chelsi”, 130 (+40)million yevro).
2. Morgan Rojers (“Aston Villa”, 40 (+18) million yevro).
3. Etan Nvaneri (“Arsenal”, 30 (+18) million yevro).
4. Tayler Dibling (“Sautgempton”, 22 (+17) million yevro).
5. Rayan Gravenberx (“Liverpul”, 55 (+15) million yevro.
6. Nikolas Jekson (“Chelsi”, 55 (+15) million yevro).
7. Karlos Baleba (“Brayton”, 35 (+13) million yevro.
8. Bukayo Saka (“Arsenal”, 150 (+10) million yevro.
9. Brayan Mbemo (“Brentford”, 50 (+10) million yevro.
10. Murillo (“Nottingem Forest”, 50 (+10) million yevro.