Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob o’yinidan oldin jamoa himoyachilarining maydonga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Ular tiklanmoqda, dushanbaga qadar individual ishlarni davom ettiradilar, seshanbadan esa jamoa bilan mashg’ulotlarga kirishadi. Ularning barchasi “Manchester Siti”ga qarshi o’yinga tayyor bo’ladi, jumladan Lukas Vaskes ham”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, “Real” va “Man. Siti” o’rtasidagi dastlabki uchrashuv 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo’lgandi. Javob o’yini esa 19-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.