Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Osasuna”ga qarshi bahsda (1:1) hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatildi.
Marca nashrining ta’kidlanishicha, La Liga reglamentiga ko’ra, hakam, hakam yordamchilari, to’rtinchi hakam, mansabdor shaxslar yoki sport organlarini haqoratomuz so’zlar bilan haqorat qilish, agar bu jiddiy qoidabuzarlik bo’lmasa, 4 o’yindan 12 o’yingacha diskvalifikatsiya bilan jazolanadi.
Eslatib o’tamiz, o’yindan so’ng “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va futbolchining o’zi hakamga nisbatan haqoratomuz so’z ishlatilganini inkor etgandi.