Madridning “Real” klubi Saudiyaga ko’chib o’tishi mumkin bo’lgan Vinisius Junior o’rniga ikkita super hujumchi topdi. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Los Blankos” braziliyalik futbolchining o’rniga Rafael Leau va Viktor Gyokeresh nomzodini o’rganib chiqmoqda.
Hozirda Madrid klubi rahbariyati Vinisius bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, biroq shartnoma shartlari bo’yicha haligacha kelishuvga erishilmagan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Leau va Gyokereshning narxini 75 million yevroga baholamoqda.