“Inter” klubi “Manchester Yunayted” himoyachisi Aaron Van-Bissaka uchun kurashga qo’shildi. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, futbolchi o’zini boshqa chempionatda ham sinab ko’rmoqchi. Avvalroq “Vest Xem” ham Van-Bissakaga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Takidlanishicha, mankunianliklar Van-Bissaka transferidan 15 million funt ishlab olmoqchi. “Vest Xem” esa futbolchi uchun 10 million funt to’lashga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, himoyachi o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 o’yinda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning “qizil iblislar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan.