Senegallik yarim himoyachi Ismoila Sarr “Marsel”dan “Kristal Pelas”ga ko’chib o’tdi.
Ingliz klubi 26 yoshli vinger bilan 5 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Transfer narxi taxminan 12,7 million funtni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, Ismoila Sarr o’tgan mavsum Liga 1da 23 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.