Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida Yevropa klublaridan biriga qaytmoqchi. Bu haqda Cadena Ser xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchi Yevropaga qaytib, yana dunyoning eng yaxshi ligalarida o’ynamoqchi.
Ammo buning uchun top-klublarni unga pul tikishga ko’ndirish kerak. Barcha mumkin bo’lgan takliflar orasida u ikkilanmasdan qabul qiladigan taklif bor – “Barselona”.
Qayd etilishicha, Neymar professional faoliyatini qayta boshlash uchun “Santos”ga qaytgan. Braziliyada u yana bir bor o’zining eng yaxshi futbolini ko’rsatishga urinib ko’radi.