Angliya Kubogi 4-raundidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” “Leyton Orient” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi va ikkinchi bo’lim boshida maydonga tushdi.
O’yindan so’ng “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola nega bunday qarorga kelganiga izoh berdi.
“Ruben Diash jarohatdan so’ng to’liq tiklanmagani uchun uni faqat 45 daqiqa o’yinda qoldirish rejamiz bor edi. Shuning uchun Abduqodir Husanov va Vitor Reysni bir vaqtda maydonga tushirishni istamadim – bu juda katta tavakkal bo’lardi.
Bir yangi o’yinchini tajribali futbolchi bilan birga maydonga tushirishni xohlamadim, ikkinchi bo’limda Jon Stouns ajoyib o’ynadi. Bu o’zgarishlarning sababi shu!“, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsning 56-daqiqasida “Manchester Siti” tarkibidagi debyut golini urdi va jamoasining irodali g’alabasiga o’z hissasini qo’shdi.