O’rta vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro’ziboyev navbatdagi janggini qachon va kimga qarshi o’tkazishi ma’lum bo’ldi.
Unga ko’ra, hamyurtimiz 22-fevral kuni tashkil etiladigan UFC Fight Night 252 turnirida Erik Makkonikoga qarshi o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, Ro’ziboyev o’zining so’nggi janggini 2024-yilning may oyida Xoakin Bakliga qarshi o’tkazgan va ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub bo’lgan.