Fransiya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Uilyam Saliba faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Ispan grandi 23 yoshli futbolchini kelasi yozda o’zi safiga qo’shib olmoqchi.
getfootballnewsfrance xabariga ko’ra, futbolchining o’zi faoliyatini “Qirollik klubi”da davom ettirishga tayyor. Uilyam “Real”ga o’tishni futboldagi orzusining amalga oshishi deb biladi.
Ma’lumot uchun, Uilyam Salibaning “kanonirlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.