Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq himoyachisi Jerar Pike Neymarni “Oltin to’p” sohibi bo’lmagan eng yaxshi futbolchi deb atadi.
Afsonaviy futbolchi Vinisiusni esa “Oltin to’p”ning bo’lajak sohibi deya ta’rifladi.
“Vinisius – “Oltin to’p”ning bo’lajak sohibi. U bunga loyiqligini ko’rsatmoqda. Neymar? U “Oltin to’p”ga ega chiqmaganlar orasida eng yaxshi o’yinchi”, – deydi Pike.
Eslatib o’tamiz, Neymar professional futbolchilik faoliyati davomida “Barselona”, PSJ va “Al-Hilol” klublarida o’ynagan va hozirda “Santos”da to’p surmoqda.