Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bavariya”ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musialaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning shaxsan o’zi ushbu transferga rozilik bergan. Musialaning o’zi ham “Barselona”ga o’tishga qarshi emas, chunki u bolaligidan Lionel Messiga muxlislik qiladi.
Ta’kidlanishicha, agar kataloniyaliklar Musialani sotib olish borasida yakuniy qarorga kelsa, ispan grandi maosh jamg’armasidan joy bo’shatishda muammolarga duch kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Jamal joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.