Ispaniya La Ligasining 23-turida “Real” va “Atletiko” o’zaro to’qnash keldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
35-daqiqada “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. “Real”ning javob goli esa 50-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritildi.
Ma’lumot uchun, ushbu o’yindan so’ng “Qirollik klubi” ochkolari hisobini 50 taga yetkazib olib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Matraschilar” hisobida esa 49 ochko bor va ikkinchi o’rinni egallab turibdi.