Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini “Marsel”da davom ettirmoqchi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, futbolchi 2025-yilning mart oyida diskvalifikatsiya muddati tugaganidan so’ng Liga 1 klubining asosiy tarkibida o’ynash uchun o’zaro shartnoma imzolanishini kutmoqda.
Eslatib o’tamiz, Pol Pogba taqiqlangan modda iste’mol qilgani uchun to’rt yilga diskvalifikatsiya qilingandi. Ammo Sport arbitaj sudi (CAS) diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirdi.