“Manchester Siti” o’yinchisi Riko Lyuis Angliya Kubogi doirasidagi “Leyton Orient”ga qarshi o’yindan so’ng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
Angliyalik o’yinchi bahsda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va to’p Husanovga tegib, yo’nalishini o’zgartirdi hamda darvozadan o’rin oldi.
“Gol Husanovga yozilganidan va bu adolatli bo’lganidan xursandman. Abduqodir uchun mamnunman. U kelganidanoq og’ir start o’tkazgandi.
Bugun ko’rganingizdek, u maydonga tushdi va haqiqatdan ham yaxshi o’ynadi. U o’yinni va uzun paslarni yaxshi nazorat qildi.
Agar har doim shunaqa bo’lsa, assist berib turishga tayyorman. Ha, u uchun shunchaki xursandman”, – deydi Lyuis.
Eslatib o’tamiz, Abduqodir Husanov uchrashuvni zaxiradan boshlab, ikkinchi bo’limning dastlabki daqiqalarida maydonga tushdi. 56-daqiqada esa dubyut golini urdi.