Bir necha kun oldin “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik va jamoa darvozaboni Inyaki Penya o’rtasida keskin suhbat bo’lib o’tdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Penya Flikdan nega asosiy tarkibdagi joyini yo’qotib qo’yganini so’ragan. Germaniyalik mutaxassis esa darvozabon yetarli darajada o’zi ustida ishlamayotganini sabab qilib ko’rsatgan.
Qayd etilishicha, Penya Bilbaoning “Atletik”iga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finali oldidan mashg’ulotlarga kechikib kelgan. Ta’kidlanishicha, Flik futbolchi tartib-intizomni buzgan boshqa holatlarni ham aniqlagan.
Eslatib o’tamiz, Mark-Andre ter Shtegen jiddiy jarohat olganidan so’ng Penya “Barselona”ning asosiy darvozaboniga aylangandi, biroq so’nggi o’yinlarda zaxirada qolmoqda.