Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 31-turidan o’rin olgan “Alaves”ga qarshi o’yinda olgan qizil kartochkasi sabab “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalini o’tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Alaves”ga qarshi bahsda fransiyalik futbolchi Antonio Blankoga ishlatgan qo’polligi uchun to’g’ridan-to’g’ri qizil kartochka bilan jazolandi.
Qayd etilishicha, Mbappening bu qo’polligi keyingi bir yoki uchta o’yinga diskvalifikatsiya qilishga sabab bo’lishi mumkin.
O’yinchini diskvalifikatsiya qilish muddati bo’yicha yakuniy qaror Raqobat qo’mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum “Real” safida 47 ta o’yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.