“Manchester Siti” qishki transferlar oynasida to’rt nafar yangi futbolchi: Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Omar Marmush va Niko Gonsalesni o’z safiga qo’shib oldi.
Chempionlar Ligasi qoidalariga ko’ra, faqat uch nafar yangi o’yinchini pley-off bosqichida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazish mumkin. Shu sababdan Pep Gvardiola qaror qabul qilishi kerak bo’ldi.
“Manchester Siti” matbuot xizmati xabariga ko’ra, Husanov, Gonsales va Marmush arizaga kiritildi. Vitor Reys esa ro’yxatdan o’tkazilmadi va pley-off bosqichini o’tkazib yuboradi.
Eslatib o’tamiz, “shaharliklar” 1/16 finalda “Real”ga qarshi to’qnash keladi. Dastlabki uchrashuv 11-fevral kuni, javob o’yini esa 19-fevral kuni bo’lib o’tadi.